Mahallalarda mikromarkazlar tashkil qilinadi

“Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan jami 421 ta mahallada yuridik shaxs maqomiga ega sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlar tashkil etiladi.

Mikromarkazlarni tashkil qilish uchun davlat mulki ob’yektlari va yer quyidagi shartlar asosida tadbirkorlarga 5 yil muddatga ijaraga beriladi:

-  o‘z mablag‘lari hisobidan ob’yektni rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash yoxud yer uchastkasida bino-inshootlarni qurish;

-  mikromarkazda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 10 ta yoki chorvachilik yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 ta ish o‘rni yaratish va ta’minlab borish.

Mikromarkazlar foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga tashkil etilgan mikromarkazlar ob’yektlari va ular joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.