Mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 10 foizga oshadi

Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorovning 2020 yil 8 iyuldagi “Respublika sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda elektron kooperatsiya portali faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar”ni amalga oshirish bo‘yicha topshirig‘iga asosan viloyatimizda bajariladigan ishlarning rejasi tasdiqlandi.

Rejaga ko‘ra, mahalliylashtirish dasturi doirasida hududiy korxonalar kesimida 2 ta (1,6 milliard so‘m) amalga oshirilishi kechikayotgan mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hisobiga mahalliylatirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamida 10 foizga oshiriladi.

Mahalliylashtirish dasturida ishtirok etayotgan korxonalar uchun bojxona to‘lovlari 120 kunga kechiktirib to‘lashni kelgusida soddalashtirish yuzasidan takliflar tayyorlanadi. Har oyda bitta tarmoqda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish yuzasidan viloyat hokimligiga axborot kiritiladi. Elektron kooperatsiya portalida eksport, import va mahalliy mahsulotlar haqidagi tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi 10 talik kodi asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va onlayn tarzda yangilab borish joriy etiladi. Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatga olingan shartnomalar ijrosi doimiy monitoring qilinadi.