Maktab direktori faoliyatiga bitiruvchilarining hayotda o‘z o‘rnini topganlik darajasiga qarab baho beriladi

Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayevning ta’kidlashicha, vazirlik huzurida “Kasbga tayyorlash va sertifikatlash” markazini tashkil etish va 11-sinf bitiruvchilariga egallagan kasbiy ko‘nikmalari bo‘yicha xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlar berish rejalashtirilgan.

🏫 Maktab direktorlari va o‘qituvchilarning o‘z bitiruvchilari kelajagiga jiddiyroq yondashishi borasidagi rag‘batlantirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi. Unga muvofiq, direktorlarning faoliyatiga bundan buyon - aynan bitiruvchilarning hayotda o‘z o‘rnini topganlik darajasiga qarab baho beriladi.

❗️ Hozirda vazirlik tomonidan tegishli mezonlar ustida ishlanmoqda.

Xususan:

🔻 bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi natijalari;

🔻 o‘qishga qamrab olinmagan bitiruvchilarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallaganlari;

🔻 direktorlarning o‘z jamoasidagi o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga berayotgan e’tibori kabi mezonlar o‘rin egallaydi.

❗️ Mezonlar bo‘yicha ijobiy natija ko‘rsatgan maktab direktorlarini va jamoa a’zolarini rag‘batlantirish mexanizmi joriy qilinadi.