Maktab mulkini talon-toroj qilgan o‘g‘rilar ushlandi

Muborak tumani IIBga 12 may kuni tushgan xabarga ko‘ra, Tong MFYda yashovchi Sh.K. 13 apreldan 14 aprelga o‘tar kechasi o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, shu mahallada yashovchi Sh.Sh. va N.S., Istiqlol MFYda yashovchi I.S.lar bilan bir guruhga birlashib, Konchilar MFYda joylashgan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika xonasidan 4 dona “Acer” rusumli kompyuter sistema bloklarini va 5 dona “LCD Acer G206HlBb” rusumli monitorlarni, jami 9 558 300 so‘m miqdoridagi mol-mulklarni yashirin ravishda talon-toroj qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan K.Sh., Sh.Sh., S.I. va S.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati.