Malayziyadagi yo‘l transport hodisasida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
- 08.04.2019 11:05
- 35
- Xorij
Malayziyada, Kuala-Lampur aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida 10 kishi halok bo‘ldi, 34 odam turli tan jarohati oldi. Bu haqda mk.ru xabar berayapti.
Manbada aytilishicha, ushbu yo‘l transport hodisasi haydovchining nazoratni yo‘qotishi oqibatida ichida 43 odam bo‘lgan avtobusning zovurga ag‘darilib ketishi tufayli ro‘y bergan. Halokat ro‘y bergan joyga zudlik bilan qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Yo‘lovchilar orasida bo‘lgan sakkiz nafar xorijlik va avtobus haydovchisi falokat sodir bo‘lgan zahoti halok bo‘lishgan. Yana bir yo‘lovchi esa kasalxonada vafot etgan. Qolgan yo‘lovchilar turli darajada tan jarohati olishgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilib kasalxonaga joylashtirilgan.
Halokat sabablari aniq emas. Shuningdek, avtobusdagi yo‘lovchilar MAS Kargo yuk tashish kompaniyasi ishchilari bo‘lishgan.