"Mard askar - yoshlarga namuna"

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda shunday shior ostida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Unda Urgut tumanidagi 16, 15, 20, 119, 126-umumta’lim maktablaridan 150 nafardan ortiq o‘quvchi, chegaradagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda o‘quvchi-yoshlar harbiy qismdagi ma’naviyat va ma’rifat, Amir Temur xonalari, sport maydonchalari, qurol-aslahalar, harbiy texnikalarni ko‘zdan kechirib, harbiylar bajarayotgan mas’uliyatli vazifalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, ular ishtirokida  kitobxonlik kechasi, uch avlod uchrashuvi, sportning shaxmat va shashka hamda mini-futbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Tadbir yakunida musobaqa g‘oliblari hamda faol yoshlar harbiy qism komandiri hamda jamoat tashkilotlarining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sardor Otaqulov.