Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Oltin zaxiralari, byudjet defitsiti, pul o‘tkazmalari va milliy valyuta haqida fikrlarini bildirdi
Oltin zaxiralari
"Biz oltinni jahon bozori narxida, oltin bizga qabul qilingan kundagi kursda sotib olamiz. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga oltindan mablag‘lar o‘tkazish biz tomondan amalga oshirilmaydi. Ya’ni oltinni sotuvchi Navoiy kon metallurgiya kombinati yoki Olmaliq kon metallurgiya kombinati belgilangan tartibda o‘zidagi soliqlarni to‘laydi. Alohida jamg‘armaga ajratish bo‘yicha normativ hujjat yo‘q, sizga rasmiy ravishda aytaman. Oltinni sotgan 2 ta kombinatimiz 100 foiz oltin qiymatini bizdan oladi. Valyuta zaxiralarimizning 65-68 foizi oltinda. Ya’ni narx ko‘tarilsa, zaxiralar ko‘payadi, tushsa, tushadi.
Byudjet defitsiti
Boshqa yillarga nisbatan birinchi yarim yillikda budjet xarajatlarida ma’lum o‘sish kuzatilmoqda. Bu, birinchi navbatda, gaz importining oshishi bilan qisman bog‘liq. Gazning jahon narxlari bilan mahalliy narxi o‘rtasidagi bu farq budjet hisobidan to‘langan.
Pul o‘tkazmalari
Transchegaraviy pul o‘tkazmalar hajmi o‘zining fundamental trendi doirasida o‘sib bormoqda. Yil boshidan 5,2 mlrd dollarlik o‘tkazmalar kelib tushdi.
Milliy valyuta
Aksariyat davlatlarda umumiy va bazaviy inflyasiya yil oxirigacha yuqori darajalarda saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda. Ayrim asosiy hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar milliy valyuta kurslariga bo‘layotgan bosimni saqlanib qolayotganligi ham, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin".