Marsga birinchi borganlar aqldan ozadimi?
AQShda Pensilvaniya universiteti olimlari NASA va nemis kosmik tibbiyot instituti hamkorligida eksperiment o‘tkazdilar, deb xabar beradi “AiF” (2021 y, 16-son) haftanomasi. Unda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Marsdagi mikrogravitatsiya sharoitida (90 kilogramm odam salkam 80 kilogramm bo‘lib qoladi) astronavtlarning aqliy qobiliyati va qaror qabul qilish tezligi pasayishi mumkin.
Bundan tashqari, his-tuyg‘u odamlar bilan muloqotni boshqarishga javob beradigan miya nuqtalari faoliyati buziladi. Bu Marsni birinchi o‘zlashtiruvchilarni ko‘rganlari, atrofiga loqayd qarashiga olib kelishi, aqliy fikrlash, jamoada bir-birini tushunmaslikni keltirib chiqarishi mumkin.
Shunday xavf-xatarlarga qaramay Ilon Maskning Marsga yo‘lovchilarni olib chiqish loyihasiga ko‘ra, talabgorlar soni kamaygani yo‘q.
T.Shomurodov tayyorladi.