Mart oyida 1716 ta holatda xodimlar ish vaqtidan tashqari, 734 tasida dam olish kunlari ishga jalb etilgani aniqlandi

Tashkilot va idoralarda ish vaqti me’yorlariga qat’iy amal qilinishiga erishish, xodimlarning ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari ishga jalb etishiliga barham berish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilyapti.

Ayni mazmunda kelib tushgan murojaatlar asosida monitoringlar o‘tkazilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan jazo choralari ko‘rilyapti.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lum qilishicha, 2020 yil mart oyi holatida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 3993 marta monitoring o‘tkazildi. O‘rganishlar 2450 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlanganini ko‘rsatdi. Shularning 1716 tasida xodimlar ish vaqtidan tashqari ishga hamda 734 tasida dam olish kunlari ishga jalb etilgan.

Natijada 5261 ta tashkilotga yozma ogohlantirish, 465 tasiga yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, 49 tasi jarimaga tortilgan.

Davlat mehnat inspeksiyasining bu kabi monitoring tadbirlari davom etadi.

Mehnat huquqlaringiz buzilgan holda Davlat mehnat inspeksiyasining dmi.mehnat.uz murojaatlar cayti, 1176 – qisqa raqamli ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot maxsus telegram botiga murojaat qiling!