Mavlon JO‘RAQULOV, tarix fanlari doktori, professor:

Jurnalist kasbi faxrli, mashaqqatli va qiziqarli kasblardan biri. Bu kasbni ishtiyoq bilan tanlaganlar hech qachon kam bo‘lmagan.

Jurnalist deganda, ko‘z o‘ngimizda ma’naviy dunyosi ummon singari keng, tiniq va beg‘ubor shaxs siymosi gavdalanadi.

Jurnalist – ziyolilar olamining sardori. Chunki u ziyo tarqatadi, xalqiga mehribon bo‘ladi, xalqi manfaati uchun kuyib-pishadi, jon kuydiradi.

Jurnalist odamlarni fikrlashga, Vatani, xalqi, qolaversa o‘z taqdiri haqida o‘ylashga chorlaydi. Ezgulikni shior qilib olgan odamlargina jurnalist bo‘la oladi.

Jurnalist hayoti yoshlar uchun doimo ibrat maktabidir.

Jurnalist – inson ma’naviyatining me’mori. U bizning nuqtai nazarimizni o‘zgartira oladi. U sillagistik xulosalar aytishga qodir. Uning taklif va g‘oyalari ado bo‘lmas kapitaldir.

Buyuk jadid Mahmudxo‘ja Behbudiy asos solgan Samarqand matbuoti va keyinchalik professor Nuriddin Shukurov tashkil etgan «Shalola» ijodkorlar klubidan yetishib chiqqan qalam ahliga ana shunday ta’rif bergan bo‘lardim.