Maxachqal’a aeroportida tartibsizlik: asosiy voqealar
- 30.10.2023 09:35
- 84
- Xorij
Tel-Avivdan samolyot uchib kelgunga qadar aeroportga yuzlab odamlar yig‘ilgan. Bu telegram-kanallarda aeroportdagi yig‘inda ishtirok etish va bino yaqinidagi mashinalarni tekshirish haqida xabarlar tarqalganidan keyin sodir bo‘lgan.
Olomon aeroportdan chiqib ketayotgan mashinalarni to‘xtatgan. U yerda bo‘lganlarning pasportlari tekshirilgan.
Tez orada to‘planganlar yahudiylarga qarshi chaqiriqlar bilan aeroport binosiga bostirib kirgan. Keyinroq ular uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqib ketishgan.
Dog‘iston bo‘yicha Tergov qo‘mitasi ommaviy tartibsizliklar uyushtirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Odamlar kamida yarim tungacha aeroport hududida bo‘lgan. Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi politsiya va tinch aholi o‘rtasida 20 dan ortiq jarohatlanganlar borligi haqida ma’lum qilgan.
Maxachqal’a aeroportida vaziyat barqarorlashgani munosabati bilan Federal havo transporti agentligi samolyotlarni qabul qilish uchun vaqtincha yopilish muddatini 31 oktyabrgacha qisqartirgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa