Mehnat migrantlari murojaatlari bilan ishlovchi yangi platforma ishga tushdi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Agentlik va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida mehnat migrantlari uchun ochiq muloqot imkoniyatini yaratish maqsadida mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklarni fuqarolarga yetkazish, ularga tezkor huquqiy maslahat berish va murojaatlarini onlayn qabul qilish uchun qulay bo‘lgan consalting.labormigration.uz platformasi ishga tushirildi.

Mazkur platforma orqali soat 9:00 dan 18:00 ga qadar har kuni (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soha mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar berib boriladi.

Platforma:👉consalting.labormigration.uz