Mehnat migrantlarining 378 ming dollarlik ish haqi undirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining chet eldagi vakolatxonalari aralashuvi bilan joriy yilning 9 oyi davomida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining 378 ming AQSh dollari hajmidagi ish haqlari xorijiy ish beruvchilardan undirib berildi.

  Bu ish haqining 148,4 ming dollari Janubiy Koreyada, 229,2 dollari Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

  Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida xorijda yurgan 50 ming nafarga yaqin fuqarolarga turli ko‘rinishda huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

  Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali