MIB: Iste’molga yaroqsiz 28 567 dona alkogol mahsulotlari yo‘q qilindi
- 28.06.2024 18:56
- 70
- Jamiyat
Samarqand shahar sudining ijro varaqasiga asosan “K.M.Q.T” MChJga tegishli omborxonadan olingan 9 turdagi 33 676 ta shisha alkogol mahsulotlari hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining fuqaro X.S.B.ning jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil deb topilgan 4 125 dona umumiy qiymati 73,1 mln. so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng yo‘q qilish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Byuroning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi Sardor Nasrullayevga ko‘ra, mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, tegishli idoralar jalb qilingan.
Ijro harakatlari davomida alkogol mahsulotlari yo‘q qilingan va bu haqda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa