MIB: Kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorga yarim milliard so‘mlik qarzdorlik undirib berildi
- 21.09.2023 16:34
- 97
- Iqtisodiyot
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Kattaqo‘rg‘on G‘alla Cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Miyonqol Cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 507 million so‘m qarzdorlik va 10 million so‘m ijro yig‘imi undirilishi yuzasidan Byuroning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga ushbu hujjat kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida qarzdorning hisob raqamlariga band solinib, mavjud mol-mulklari xatlangan vaqtda qarzdordan yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘ to‘liq undirib berilishi ta’minlangan, deya xabar bermoqda Byuroning Samarqand viloyat Boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa