MICROMINE dasturiy ta’minot foydalanuvchilari Samarqand shahrida

Joriy yilning 17 aprel kuni Samarqand shahrida bosh direktor Claire Tuder boshchiligidagi MICROMINE foydalanuvchilari yillik konferensiyasining ochilish marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Tadbirda MICROMINE va NKMK o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu konferensiya joriy yilning 19-apreliga qadar davom etadi. Samarqand shahrida bunday keng ko‘lamli tadbirning o‘tkazilishi shahrimizda turizmni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Mehmonlar shahrimizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, turizmni rivojlantirish istiqbollari bilan tanishishadi.

MICROMINE Avstraliyaning Pert shahrida 1986 yilda tashkil etilgan kompaniya bo‘lib, tog‘-kon sanoati uchun dasturiy yechimlarni ishlab chiqish va sotish bo‘yicha jahon bozorining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning vakolatxonalari dunyoning 12 mamlakatida ochilgan.