Millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan ocharchilik: Bundestag "golodomor"ni ukrainaliklarning genotsidi sifatida tan oldi

Germaniya Bundestagi 30 noyabr, chorshanba kuni kechqurun ko‘pchilik ovoz bilan qasddan uyushtirilgan va qo‘llab-quvvatlagan "golodomor" deb atalmish ukrainaliklar genotsidi sifatida tan olinishi haqidagi rezolyusiyani qabul qildi. (Golodomor —  ommaviy ocharchilik, 1932-1933 yillarda Ukraina SSRning butun hududini qamrab olgan va millionlab insonlar qurbon bo‘lgan).

Rezolyusiya qabul qilinishiga bir deputat qarshi ovoz berdi, “Germaniya uchun muqobil” va “Chap” partiyalari betaraf qoldi. Uchrashuvda Ukrainaning Berlindagi yangi elchisi Oleksiy Makeyev ishtirok etdi.

Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev germaniyalik deputatlarning "golodomor" deb atalmish hodisani genotsid deb tan olish rezolyusiyasini muhokama qilish va qabul qilish tashabbusini tarixga va haqiqatga zid deb atadi.

Rossiya "Golodomor"ni ukrainaliklar genotsidi sifatida tan olmaydi. Moskvaning fikricha, bu mamlakat xalqlari uchun “umumiy fojia” va uning hududidagi “eng yirik gumanitar falokat” bo‘lgan.