Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berildi
Bugun ertalab, Zarnews.uz saytida Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida foto-xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi YHXB tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.
Unda qayd etilishicha, 2019 yil 12 avgust kuni soat taxminan 08.00 lar atrofida Mirzo Ulug‘bek – Mirsaid Baraka ko‘chalari chorrahasida M.Djurayev “Neksiya” rusumli (30 683 TTV) avtomashinani boshqarib kelayotib, shu chorrahada burilib olayotgan F.G‘afurov boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli (01 J 342 MA) avtomashina bilan to‘qnashgan. F.G‘afurov boshqaruvidagi avtomashina shu yerda to‘xtab turgan “Matiz”ga borib urilgan. To‘qnashuv natijasida transport vositalariga moddiy zarar yetkazilgan. Haydovchilar hamda yo‘lovchilar tan jarohati olmagan.
Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.