Misrliklar meros uchun hujjat qoldirishni 4600 yil ilgari kashf qilgan
Misr jahonga o‘zining ulkan va g‘aroyib ehromlari bilan tanilgan. Ular fir’avnlar uchun qurilgan bo‘lsa-da, kimlar tomonidan qurilganligi insoniyatga noma’lum. Qazishmalarda ehromlar qa’ridan nafaqat mumiyolar, balki bugungi kunda ham bebaho hisoblangan qimmatbaho buyumlar topilgan.
Ehromlar sirini bilish maqsadida bu yerga har yili dunyoning turli burchaklaridan millionlab sayyohlar kelishadi. Quyida e’tiboringizga qadim Misr hayoti haqida so‘zlovchi qiziqarli va g‘aroyib ma’lumotlarni taqdim etamiz.
1. Fir’avnlar ichida eng ko‘p hukmronlik qilgan shoh Piopi ІІ 6 yoshida taxtga o‘tirgan bo‘lib, 94 yil umr ko‘rgan.
2. Piopi II chivinlarni o‘zidan uzoqlashtirish maqsadida qullarining tanasiga asal surishni buyurgan.
3. Misrning tarixi eramizdan avvalgi 3200 yildan boshlab yozilgan. Aynan shu yili Quyi va Yuqori qirolliklar fir’avn Narmer tomonidan birlashtirilgan.
4. Misrning so‘nggi hukmdori eramizdan avvalgi 341 yilda grek bosqinchilari tomonidan taxtdan ag‘darilgan.
5. Buyuk hukmdor Ramses II ning 8 nafar rasmiy xotini va 100 nafar farzandi bo‘lgan.
6. Giza sahrosidagi 150 metrlik «Buyuk» nomi bilan mashhur bo‘lgan ehrom fir’avn Xeopsni dafn qilish uchun 20 yil davomida bunyod etilgan. Ehromlarning har birining og‘irligi 10 tonna bo‘lgan 2 million dona ohak g‘ishtlardan ko‘tarilgan.
7. Qadimgi misrliklar marhumning tanasi mumiyolansa, qiynalmasdan yer osti saltanatiga o‘tadi, deb o‘ylashgan.
8. Misrliklar o‘zlari muqaddas deb hisoblagan hayvonlarini ham mumiyolashgan. Jahonga mashhur mumiyolangan timsohning uzunligi 4,5 metr bo‘lgan.
9. Misrlik mahalliy ayollar boshqa yurtlardan ko‘chib kelgan ayollarga nisbatan ko‘proq huquqga ega bo‘lgan. Oilaviy ajrimlar uchun birinchi bo‘lib aynan ulardan hujjat qabul qilingan.
10. Qadim misrliklar turli maqsadlar uchun uchta yillik taqvimdan foydalangan.
11. Misr iyerogliflari soni 700 ta bo‘lib, ularning yoshi 5 ming yildan oshadi.
12. Birinchi ehrom fir’avn Djoserning dafni uchun qurilgan bo‘lib, uning yoshi 4600 yildan oshadi.
13. Misr xudolari mingdan ortiq ismlar bilan atalgan.
14. Misr nomini greklar o‘ylab topishgan.
15. Saxara sahrosi bugungi AQSh davlati hududi bilan teng.
16. Misrliklar qadimda mayda toshchalar solingan yostiqlarda uxlashgan.
17. Kabutarlar bilan pochta aloqasini dastlab misrliklar o‘ylab topgan.
18. Ular meros uchun hujjat qoldirishni 4600 yil ilgari kashf qilishgan.
19. Mumiyolangan tanalarning tirikligidayoq ko‘chirilgan boshlarini chuqur o‘rgangan zamonaviy tibbiyotchilar hamon ularning sirini topolgani yo‘q.
20. Qadimgi misrlik tabiblar inson ichki a’zolarini ko‘chirish, plastik jarrohlikni ham uddalashgan. Shuningdek, ular jins almashtirishni ham amalga oshirishgan.
21. Misr tibbiyotidan asosan fir’avnlar va zodagonlar foydalanishgan.
22. Ehromlar yurti chinni idishlar, qaychi, taroq, sovun, tish tozalagich hamda dezodorantlar vatani ham hisoblanadi.
23. Misrliklar birinchi bo‘lib qog‘ozga siyoh bilan yozishgan.
24. Birinchi papirus qog‘oz 6 ming yil avval Misrda kashf qilingan.
25. Misrlik ayollar quyoshdan himoyalovchi kosmetikani yaratishgan.
Dil MUROD tarjimasi.