Mittilikdan bahaybatlikkacha: Butun umri davomida ham mitti, ham gigant bo‘lgan odam
Suratda g‘ayrioddiy gavdasi tufayli tarixga kirgan Adam Rayner: dastlab u mittigina edi, biroq bo‘yi o‘sib ketib, bahaybat kishiga aylandi. Bu hozirgacha tibbiyot tarixida ma’lum va hujjatlashtirilgan yagona holat.
Adam Rayner 1899 yilda Avstro-Vengriya (zamonaviy Avstriya)ning Gratse shahrida dunyoga keldi. Tibbiy ma’lumotlarda uning kichkina, ozg‘in va zaif rivojlangani qayd etilib, 18 yoshida bo‘yi 122,5 santimetrni tashkil etgan. O‘sha paytda Birinchi jahon urushi davom etayotgan edi. Tabiiyki? “pakanalik” tashxisi qo‘yilgan yigit o‘z bo‘yi tufayli Avstriya-Vengriya armiyasiga qabul qilinmadi va u frontga kira olmadi.
Ma’lumot uchun: XX asrning boshida bo‘yi 147 santimetrdan oshmagan erkak va ayollar pakana hisoblangan. Keyinchalik shifokorlar bu mezonlarni o‘zgartirdi va hozirda 130 santimetr (erkaklar) va 120 santimergacha (ayollar) bo‘lgan odamlar mitti hisoblanadi.
20 yoshida Reynerga old gipofiz bezining buzilishi (miyaning pastki yuzasida yumaloq shakllanish ko‘rinishidagi o‘simta) tashxisi qo‘yilgan, bugunda bu kasallik akromegaliya deb ataladi. Taxminan shu paytdan boshlab Reyner tez o‘sa boshlaydi. 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan davrda u yiliga o‘rtacha 9,14 santimetrga “cho‘zildi”.
32 yoshida bo‘yi 218 santimetrga yetgan yigit 42 o‘lchamdan 55 o‘lchamdagi poyabzalga o‘tadi. 1930 yilning avgust oyidagi shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv unda gipofiz bezining adenomasi borligini aniqladi. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, akromegaliyaga aynan adenoma sabab bo‘lgan, bu esa Reynerning o‘sish sur’atini keltirib chiqargan. Shifokorlar bu o‘simtani olib tashlashga qaror qilishadi.
Biroq, o‘simta kashf etilishidan oldin ham, Reynerning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar borligi aniqlanib, uni to‘shakka mixlab qo‘ygandi. Yigitning mushak-skelet tizimi tananing bunday tez o‘sishiga dosh bera olmadi: umurtqa pog‘onasi egilib, buzila boshlandi, buning natijasida u mustaqil harakatlana olmasdi.
Shifokorlar o‘simtani olib tashlagach, Reyner sekinroq bo‘lsa-da, o‘sishda davom etdi. Operatsiyadan ko‘p o‘tmay, u “Qariyalar uyi”ga joylashtirildi va qolgan kunlarini u yerda o‘tkazdi.
Adam Rayner 1950 yilning 4 martida 51 yoshida vafot etdi, o‘limi paytida uning bo‘yi 234 santimetr bo‘lgan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.