Miya shikastlanishi natijasida dahoga aylangan kishilar

Ushbu to‘plam qahramonlariga kamdan-kam uchraydigan savantizm (daholik) sindromi tashxisi qo‘yilgan. Bu holat tug‘ma va ba’zi hollarda bosh jarohatlariga hamroh bo‘lib, insonda tor bilim sohasi yoki kutilmagan ko‘nikmalarga qobiliyat paydo bo‘lishiga olib keladi.

Fraktallar va matematika

Bir kuni kechqurun Jeyston Pajett do‘sti bilan bardan chiqib, yomon odamlarga yo‘liqdi. Kaltaklangan Pajett miya chayqalishini oldi va uzoq vaqt kasalxonaga yotdi. Kasalxonadan chiqqach yigit yangi ko‘rish doirasiga ega bo‘ldi: atrofidagi borliq parchalarga bo‘linib, harakatlanuvchi narsalarga aylanib qoldi. Krandan oqayotgan suv, bulutlar, ko‘lmak, kamalak – bularning barchasi endi piksellardan iborat edi. U ko‘rayotgan narsalarini tushunib olish uchun rasm chizishni boshladi: doiralar va ko‘pburchakli murakkab shakllar hosil bo‘ldi.

Matematikaga moyilligi bo‘lmagan Pajett chizayotgan rasmlari grafika va fraktallar ekanligini darhol tushunib yetmadi. Keyinchalik chizmalar yanada murakkablashdi va ular yangi tug‘ilgan dahoga ko‘z oldida nima bo‘layotganini tushunishga yordam berdi. Endi Jeyston dunyo bo‘ylab sayohat qilib, matematika va o‘zining g‘ayrioddiy tajribalari haqida gapirib beradi.

 Kalendar dahosi

Orlando Sarella voqeasi butun dunyo ommaviy axborot vositalarida tarqaldi. Beysbol o‘yini paytida olgan jarohati natijasida 10 yoshli bola taqvim bilan bog‘liq har qanday hisob-kitoblarni bir zumda amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Masalan, ming yil ichida 12 mart kuni haftaning qaysi kuniga yoki g‘ayriixtiyoriy olingan ikkita sana orasidagi biror bir kun va o‘sha kun haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelganini ikkilanmasdan aytib bera oldi.

Chaqmoqdan olingan musiqa

Toni Sikoriy tarixi ajoyib tasodiflarga boy. 1994 yilda u gaplashib bo‘lib telefon budkasidan ko‘chaga chiqishi bilan uni chaqmoq urdi. Dunyoga mashhur musiqachi bo‘lishidan oldin u ortopediya shifokori bo‘lib ishlagan va hech qachon musiqaga qiziqish bildirmagan.

MRT hech qanday kamchilik ko‘rsatmadi, lekin voqeadan bir necha kun o‘tgach, Sikoriy pianino sotib oldi va musiqa chalishni boshladi. Endi u Shopen va boshqa klassik qo‘shiqchilarning mashhur kompozitsiyalarini ijro etib orkestr bilan konsertlarda qatnashadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.