“Mobil metodik guruhlar”ga jalb qilingan o‘qituvchilarning imtihonlari shaffof o‘tgani aytilmoqda. Biroq...
Telegram kanalimizda "Qachongacha o‘zimizni aldaymiz?" sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Ushbu maqola bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, “mobil metodik guruhlar”ga jalb qilingan o‘qituvchilar uchun imtihonlar viloyatning barcha tuman (shahar)larida bir vaqtning o‘zida ikki navbatda tashkil etilib, savollarning barchasi maktab darsliklari asosida tuzilgan.
Imtihonlarda 8046 nafar mutaxassis va ikkinchi toifali o‘qituvchilar ishtirok etib, ularning 7455 nafari yaxshi natija ko‘rsatgan.
Shuningdek, sinov jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari orqali viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida efirga uzatilgan va o‘tgan vaqt mobaynida mobil guruh tinglovchilari imtihonlarida pul yig‘ilganligi haqida birorta ham murojaat bo‘lmagan”.
Munosabatda maqolada tilga olingan nazorat savollarining tarqalib ketishi bilan bog‘liq holatga izoh berilmagan.