Mo‘ylovli tabib

Uyingizda hayvonlar bormi? Demak, siz doimo zooterapiya ta’siridasiz. Qanaqa hayvon – itmi, mushukmi, ahamiyati yo‘q. Ular bilan muloqot har qanday holatda sizga xapdoridek ta’sir qiladi.

Gap shundaki: it va mushuklar biz sezmaydigan hidlarni farqlay oladi. Mushukni olaylik, u instinkt ravishda sizning og‘riyotgan joyingizni biladi. O‘sha joyga yotib, uni isitib salbiy energiyani so‘rib oladi, hatto o‘sha joyni panjalari bilan silab qo‘yadi.

E’tibor berganmisiz, agar boshingiz og‘riyotgan yoki bo‘yningiz zirqirayotgan bo‘lsa, mushuk yelkangizga chiqib oladi. Qorningiz og‘riyotgan bo‘lsa, ustiga chiqib miyovlay boshlaydi. Umuman, inson tanasida og‘riqni bosishda bu jonivorga teng keladigani yo‘q.

Agar mushuk hadeb sizning sevimli kursingizga yotishga urinaversa, yaxshisi kursini boshqa joyga ko‘chiring, negaki, u muvaffaqiyatsiz geopatogen joyda turibdi. Mo‘ylovli tabib egasiga salbiy energiya manbaini ko‘rsatadi. Qadimda yangi uyga ko‘chib kirilganda bekorga avval mushukni qo‘yib yuborishmagan. U yotgan joyga hech qachon krovat qo‘yilmagan.

Mushukning egasi qulog‘iga xurillashi ham shifo ekan. Negaki, infratovush kuchli sog‘lomlashtirish ta’sirini ko‘rsatadi, amalda bu - haqiqiy fizioterapiya, har gal mushukni qo‘lga olganingizda siz buni sezmagan holda shifo topasiz.

“Mir novostey” haftanomasi (2021 yil 13-soni)dan T.Shomurodov tayyorladi.