Mudhish YTH oqibatida 88 yoshli ayol vafot etdi
- 27.05.2020 11:50
- 46
- Hodisa
Qoraqalpog‘istonda “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi tezlikni oshirish oqibatida yo‘l chetiga chiqib ketdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 may kuni soat 13:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 795-kilometrida haydovchi - 1976 yilda tug‘ilgan Z.K. (erkak) “Cobalt” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketib, o‘ng tomondagi temir suv quvuriga borib urilib, YTH sodir etgan.
Oqibatda yo‘lovchi - 1932 yilda tug‘ilgan U.Yu. (ayol) og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Haydovchi Z.K. va yana bir yo‘lovchi - 1978 yilda tug‘ilgan J.G. (ayol) tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.