Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

25 yanvardan Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 tani tashkil etib, ularning 40 tasi jangovar tayyorgarlik, qolgani fan va mantiqiy test savollaridan iborat.

Tavsiyanomalarni berish miqdori

Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatida bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak.

Agar bir nechta harbiy xizmatchi teng miqdorda ball to‘plashi natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ballarning pasayib borish tartibi bo‘yicha cheklov doirasiga kirishi lozim bo‘lgan oxirgi muddatli harbiy xizmatchi bilan teng miqdorda ball to‘plagan harbiy xizmatchilarning barchasiga tavsiyanoma berilishi lozim.

Tavsiyanoma qo‘llanilishida OTMlarning farqlari

Respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;
Respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun alohida qabul kvotalari
Abituriyentlar uchun Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlariga qo‘shimcha ravishda Davlat komissiyasi tomonidan alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Alohida qabul ko‘rsatkichlari har bir oliy ta’lim muassasasining bakalavriatiga (har bir ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi) bo‘yicha) o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarining besh foizi miqdorida belgilanadi.

DTM Samarqand viloyati bo‘limi.