Muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Bugun, 12 aprel kuni Qozog‘iston musulmonlari idorasining yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maksatbek Toktomushev, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Moldova va Finlyandiya musulmonlari yetakchilari qatnashdi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berayapti.
Marosimda musulmonlar idorasining yangi binosining tarkibiy tuzilmasi, yaratilgan shart-sharoitlar, mehmonlar bilan muloqot qilish xonalari, ko‘rgazma zallari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ochilish marosimida so‘zga chiqib, ushbu muhtasham va fayzli bino bilan Qozog‘iston musulmonlari idorasi rahbariyatini qutlab, ko‘p yillar mo‘min-musulmonlar xizmatida bo‘lishini va Islom dini ravnaqi yo‘lida samarali ishlar olib borilishini Alloh taboraka va taolodan duo qilib so‘radilar.