Muhojirlar Parijdagi bolalar bog‘chasiga joylashdi
- 26.01.2021 14:34
- 66
- Xorij
Parijdagi yuzlab noqonuniy muhojirlar boshpanasi yo‘qligi sababli bolalar bog‘chasi binosiga joylashdi, deb xabar bermoqda Fransiyaning Le Point nashri.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi oxirida muhojirlar Parijdagi Respublika maydonida lager qurgan, ammo keyinchalik politsiya ularni tarqatib yuborgan. Natijada, bir necha yuz muhojir bolalar bog‘chasi binosiga joylashdi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kelganida kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi.
Namoyishchilar boradigan joyi yo‘qligi sababli hukumatdan sovuq va ochlikdan, koronavirusdan himoya qilishni talab qilishyapti.
Parij hukumati vaziyatni tushungan holda muhojirlarni joylashtirish yo‘llarini izlamoqda. Fransiya poytaxtining prefekti Dide Lalleman "Parijda lager bo‘lishiga qarshi"ligini bildirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand