Munajjimlar Quyon yili haqida nima deyishgan?

Osiyo xalqlari orasida Oy sikli bo‘yicha to‘rtinchi yil eng baxtli hisoblanib, rivoyatlarda keltirilishicha, sharqiy burj belgilari orasida u aynan quyonga nasib etgan.

2023 yil egasi - qora suv quyoni bo‘lib, oltmish yilda bir keladi. Ilgari u 1903, 1963 yillarda kelgan. 

Aytgancha, 60 yil muqaddam qora suv quyoni yilida odamlar taraqqiyot va tinchlik bobida misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan: koinot uzluksiz tadqiq qilingan, xalqaro aloqalar mustahkamlangan, madaniyat rivojlangan. Bularga birinchi ayol kosmonavt Valentina Tereshkovaning koinotga parvozi, Kuba rahbari Fidel Kastroning SSSRga (Samarqand shahriga ham) tashrifi, mashhur "Bitlz"ning sayyora bo‘ylab zafarli yurishi, Afrika erkinligi kabilar kiradi. 

Astrologlar quyon - mayin, yoqimtoy, muloyim va nasl-nasabiga g‘amxo‘r bo‘lgani uchun yil tinch va uyg‘unlikda o‘tishini, ijobiy va pozitiv kelishini bashorat qilmoqda. 

Munajjimlarning ta’kidlashicha, yil ko‘chmas mulk qurish va sotib olish uchun qulay keladi. Umuman olganda, Quyon barcha yangilikni olqishlaydi - yangi biznes, yangi ish, o‘qish, o‘rganish. 

Quyon mehr-oqibat bobida ham ustunlikka ega. U uyning saranjom-sarishtaligini juda qadrlaydi, oilasi, do‘st-birodari va qavm-qarindoshining hurmat-izzatini joyiga qo‘yganni boshiga ko‘taradi.

Yil davomida asosiy qadriyat - xavfsizlik va farovonlikni saqlash bo‘ladi. 

Yil ayniqsa, Ajdaho, Ot, It yilida tug‘ilganlarga juda omadli keladi.

Quyon yilida tug‘ilgan bolalar jozibasi bilan hayratda qoldiradi. Ular mehribon, bosiq, chiroyli va aqlli bo‘ladi. Aytgancha, Albert Eynshteyn, Jorj Simenon, Edit Piaf, Frenk Sinatra kabi mashhurlar ham quyon yilida tug‘ilgan.

 (Suratda - Albert Eynshteynning bolaligi)

Yil shohi - Quyon aniq maqsadli, qat’iyatli, tirishqoq, matonatli odamlarning muvaffaqiyatga erishishiga yordamga shoshadi. Bunday fe’l-atvor egalariga farovonlik, qiziqarli sayohat va ajoyib yangiliklar va’da beradi.

G.Xoldorova tayyorladi.