Munosabat: Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum yoshlarga yangi qurilayotgan uylardan kvartiralar beriladi

Avvalroq “Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi: tegishli qaror chiqqan bo‘lsa-da, 81 nafar yoshlarga uy-joy berilgan emas” sarlavhali xabar e’lon qilingan edi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mazkur masala bo‘yicha ayni vaqtdagi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Zarnewsʼda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 avgustdagi 164-sonli qaroriga muvofiq 99 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum yoshlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha tuman, shahar hokimliklari tomonidan qarorlar chiqarilgan va bugungi kunda jami 18 nafariga uy-joy berilgan.

Qolgan 81 nafar yoshlar uchun ham yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan xonadonlar ajratilgan. Ushbu uylar qurib bitkazilib, aholiga foydalanish uchun topshirilgan vaqtda ularga ham berilishi rejalashtirilgan”, deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.