Musodara qilingan mashinalarni arzon narxda olib berishni va’da bergan soxta DXX xodimi ushlandi

Joriy yilning 26 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan 35 yoshli S.Q. O‘zbekiston Respublikasi DXX viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi, Gulshan ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan 44 yoshli G‘.E. o‘zining tanishlari, Yu.Rajabiy ko‘chasida yashovchi, 60 yoshli Sh.Sh. hamda Oltinsoy tumanida yashovchi 41 yoshli N.M.larga, S.Q.ni O‘zbekiston Respublikasi DXX viloyat boshqarmasida ishlashini, uni tanishligini va u orqali musodara qilingan mashinalarni olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, ulardan pul olib yurganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida Sh.Sh. va N.M.lar xaqiqatdan xam G‘.E., S.Q.ni ularga DXX xodimi sifatida tanishtirib, musodara qilingan avtomashinalarni olib berishini va’da qilib, ulardan jami 240 mln. so‘m pul olganligi aniqlangan. G‘.E.qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.