Namanganlik shaxs samarqandlikning nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib olibdi...
- 31.05.2023 17:35
- 91
- Jinoyat va jazo
Samarqand shahrida yashovchi 35 yoshli X.X. ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartasiga noma’lum shaxs tomonidan 15 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini bildirgan. U aybdorga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
O‘rganish davomida ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Namangan tumanida yashovchi 30 yoshli I.N. sodir etganligi aniqlandi.
Aniqlanishicha, I.N. “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi orqali X.X.ning nomiga 15.000.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, ushbu pullarni o‘zlashtirib olgan.
I.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunchilikda I.N. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa