Namibiya 170 ta filni sotuvga chiqardi

Namibiya hukumati qurg‘oqchilik tufayli qo‘riqxonada boqilayotgan, buning natijasida ko‘payib ketgan 170 yovvoyi filni sotuvga qo‘ydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hayvonlarni sotish to‘g‘risidagi e’lon Namibiyaning atrof-muhit muhofazasi vazirligi, o‘rmon xo‘jaligi va turizm departamenti tomonidan e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, fillarni kimoshdi savdosi orqali mamlakat xaridorlariga ham, chet elda ham sotish rejalashtirilgan. Asosiy talablardan biri, kimoshdi savdosining har bir ishtirokchisi hayvonlarni saqlash shartlari to‘g‘risida hujjatli kafolat taqdim etishi zarur. Bundan tashqari, ularning normal hayotini ta’minlash uchun zarur mablag‘ bo‘lishi kerak. Chet elliklar fillarni o‘z mamlakatiga kiritishga ruxsat beruvchi bojxona hujjatlari taqdim etishi ham talab etiladi.

Milliy yangiliklar xizmati (NSN) ta’kidlaganidek, qurg‘oqchilikdan tashqari, fillarni sotishning yana bir sababi, brakonerlik holati va ekologik omillarning ko‘payishi bo‘ldi. Namibiyada hayvonlarning noyob turlarini himoya qilish va populyasiya davrida ularning aholiga hujum qilishidan asrash o‘rtasida muvozanat o‘rnatishga harakat qilmoqda, deb yozadi kp.ru sayti.

Namibiya Afrikaning janubidagi milliy qo‘riqxonalar va parklarda fillar uchun oziq-ovqat va suv yetishmovchiligiga duch kelgan yagona mamlakat emas. Xususan, Botsvana fillarini Angolaga ko‘chirish dasturini amalga oshirmoqda. Afrikaning tabiiy yashash muhitida yashovchi fillarning umumiy soni 350 tani tashkil etadi.

"Dunyodagi eng yolg‘iz fil", deb nomlangan Pokiston hayvonot bog‘i fili Kaavan yaqinda maxsus reys bilan Kambodjaga yetkazildi. Endi u yolg‘iz emas, balki boshqa fillar bilan qo‘riqxonada yashamoqda.