Narpay tumani hokimligida mutaxassis boshqa ishga o‘tganligini 10 kundan keyin "sezib qolishdi"
Hokimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi farmoyishlaridan biri shunday fikr uyg‘otadi. Chunki 29 oktyabrda chiqarilgan farmoyishda hokimlikning yetakchi mutaxassislaridan biri bilan mehnat shartnomasi 19 oktyabrdan bekor qilinadi. Qayd etilishicha, xodim boshqa ishga o‘tganligi uchun shunday to‘xtamga kelingan.
Albatta, farmoyish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri demoqchi emasmiz. Savol: tuman hokimligi mutasaddilari 10 kundan buyon ishda bo‘lmagan xodim taqdiri bilan nega qiziqmagan?
Xo‘p, 10 kundan keyin u boshqa ishga o‘tganligi aniq bo‘lgan, deylik. Unda nega 29 oktyabrdan emas, eski sana bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan?
O‘ylamizki, bu borada tegishli idoralar ham o‘z munosabatlarini bildiradi.
Darvoqe, bizdagi yana bir farmoyishga ko‘ra, hokimlikning Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari vazifasi bo‘sh turibdi. Ammo bu lavozimda avval ishlagan xodim bilan mehnat shartnomasi qachon bekor qilingani to‘g‘risida hujjat ochiq manbalarda e’lon qilinmagan.
Qiziq...