Narpayda avtomashina urib yuborishi oqibatida uch nafar yo‘lovchi vafot etdi

Shu yilning 24 aprel kuni soat 00:20 da Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro B.I. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Navo sinotryuk” rusumli, davlat raqami 30 696 TAA bo‘lgan avtomashinasida Narpay tumani Oltio‘g‘il mahallasida yashovchi 4 nafar fuqaroni urib yuborgan. Voqea oqibatida 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etadi, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Bugun – 26 aprel kuni mazkur hodisa Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Sharipov ishtirokida Oltio‘g‘il va  Bedan mahallalari aholisi bilan birga muhokama etildi.

Uchrashuvda ushbu mudhish yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan omilar tahlil etilib, yo‘llarda harakatlanishda amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.