Narpayda avtomashina urib yuborishi oqibatida uch nafar yo‘lovchi vafot etdi
- 26.04.2019 20:10
- 542
- Jamiyat
Shu yilning 24 aprel kuni soat 00:20 da Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro B.I. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Navo sinotryuk” rusumli, davlat raqami 30 696 TAA bo‘lgan avtomashinasida Narpay tumani Oltio‘g‘il mahallasida yashovchi 4 nafar fuqaroni urib yuborgan. Voqea oqibatida 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etadi, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Bugun – 26 aprel kuni mazkur hodisa Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Sharipov ishtirokida Oltio‘g‘il va Bedan mahallalari aholisi bilan birga muhokama etildi.
Uchrashuvda ushbu mudhish yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan omilar tahlil etilib, yo‘llarda harakatlanishda amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa