Narpayda qizil tuproq aralashmasini noqonuniy qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi
- 28.09.2021 10:40
- 64
- Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand viloyati Narpay tumani Bo‘ston MFYdagi achinarli manzara” sarlavhasi ostida e’lon qilingan videomurojaat tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Haqiqatda ushbu tumanning Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqaro B.B tomonidan Bo‘ston MFY hududida joylashgan yer maydonlardagi bo‘z yerlardan qizil tuproq aralashmasini o‘ziga tegishli bo‘lgan ekskavator yordamida noqonuniy tarzda qazib olayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblashning 10 barobari, ya’ni 2 mln 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa