Narpayda sanitariya talablariga rioya qilmagan 61 ta ta’lim muassasasi mas’ullari jarimaga tortilgan
Narpay tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda sanitariya nazorati bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Viloyat sanitariya-epidemiologik ocoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan OAV vakillari ishtirokida mazkur tumanga uyushtirilgan press-turda shu kabi savollarga javob izlandi.
- Tumanimizda 227 ming aholi yashaydi, - deydi sanitariya-epidemiologik ocoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi boshlig‘i Boltaboy Daminov. – Aholi o‘rtasida tarqalishi mumkin bo‘lgan epidemiya va yuqumli kasalliklarni olidni olish maqsadida mahallabay ishlash tizimini yo‘lga qo‘yganmiz. Buning uchun tumandagi 57 ta mahallada mutaxassislarimiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Yil boshida bakteriologik va parazitologik laboratoriyalarga yangi asbob-uskunalar sotib olindi. Shuningdek, laboratoriyalar talab darajasida faoliyat ko‘rsatishi uchun ozuqa muhitlari, zardoblar va reaktivlar, vaksinalar bilan ta’minlandi.
Sanitariya-epidemiologik ocoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi vrachi Oygul G‘afforovaning ta’kidlashicha, joriy yilning 9 oyi davomida jami 106 ta davlat ta’lim tashkilotlarida sanitariya nazorati o‘tkazilgan. Shundan 49 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 57 tasi umumta’lim maktabi. Ta’lim muassasalarida olib borilgan laboratoriya nazoratida kimyoviy laboratoriya tahlillari soni 9 oy davomida 1484 tani tashkil etadi.
9 oy davomida jami 872 ta baktiriologiya labaratoriyasiga analiz olingan. Shulardan 740 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 132 ta maktablar. Talabga mos bo‘lmagan muassasa soni 59 ta bo‘lib, ularning 56 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 tasi maktablarda kuzatilgan. Ta’lim-tarbiya muaassasalarida olib borilgan sanitariya nazoratida qo‘llanilgan ma’muriy choralarga ko‘ra, jami jarimalar soni 61 tani tashkil qilgan. Shundan 39 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 22 ta maktab mas’ullari jarimaga tortilgan.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyida tumanda 112 ta holatda sanitariya xulosalari berilgan bo‘lsa, shundan 2 tasi sanitariya talablariga mos kelmagan. Ichimlik suv tarmog‘idan bakteriologik tekshiruvga 489 ta suv namunalari olingan. Shulardan 61 ta suv namunasi davlat standartiga javob bermaganligi aniqlangan. Ichimlik tarmog‘idan sanitariya-gigiyenik laboratoriyaga 705 ta suv namunalari olingan va bu namunalar talabga javob beradi. Quduq suvidan 129 ta namuna olingan bo‘lib, shulardan 22 tasi talabga javob bermasligi aniqlangan. Ushbu muammolarni hal qilish yuzasidan tuman “Suv oqova” DUKga xat yuborilgan.
Press-tur davomida tuman sanitariya bo‘limi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va mahallalarda mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.