Necha turdagi hayvonlar kulishni biladi?
Insonni kulgisini fan allaqachon o‘rganib chiqqan. Hayvonlar-chi? Ular ham kuladimi?
Kaliforniya universiteti olimlari Los-Anjelesda Bioocoustics jurnalida hayvonot olamida kulgi fenomeniga bag‘ishlagan maqola e’lon qilindi.
Ular 65 biologik turda bir-biriga o‘xshash vokal kulgu o‘yinini aniqladilar. Ro‘yxatga odamsimon turli maymunlar, sigirlar, itlar, tulkilar, tyullen, mangustalar, shuningdek uch turdagi qushlar – to‘tilar, Avstraliya qarg‘asi... kiritildi.
«Odamlar kulganida ular boshqalarga xushchaqchaqliklarini ko‘rsatib, o‘zlariga qo‘shilishlarini taklif qilishadi, - deydi Kaliforniya universiteti professori Gregori Baraynt. – Kulgi evolyusiya tomonidan o‘ylab topilgan juda eski signaldir».
Oyoq uchida turib ozsa bo‘ladimi?
Yuta shtati olimlari inson biomexanik yurishini o‘rganib, ozish maqsadida yurish amalda foydasiz, degan xulosaga keldilar.
Yurganda tovondan foydalanish quvvatni tejaydi. Ozish uchun esa quvvatni maksimum sarflash lozim. Tadqiqotchilar fikricha, buning uchun oyoq uchida yurish zarur. O‘shanda quvvat sarfi 83 foizga ko‘payadi. Oyoq uchida yurilganda boldir muskullari, tizza bo‘g‘inlari tezroq ishlaydi.
«Oyoq uchida yurish skeletda, tizzada, bo‘yin-gardanda bir me’yorda yuklanish hosil qiladi, - deydi endokrinolog-vrach, diyetolog va sport tibbiyoti bo‘yicha mutaxassis Aleksey Kalinchov, - shuning uchun oyoq uchida yurishni semiz kishilarga tavsiya etib bo‘lmaydi, ular shundoq ham ortiqcha vazndan aziyat chekishadi. Qolganlar, ayniqsa o‘tirib ishlaydiganlar vaqti-vaqti bilan erinmasdan o‘n-o‘n minut oyoq uchida yurisa semirish xavfidan xalos bo‘ladilar, deydi u «Mir novostey» 2021 y, 21-son) gazetasida.
T.Shomurodov tayyorladi.