Nega 40 daraja issiq bo‘ladigan O‘zbekistonda yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarga konditsioner o‘rnatilmaydi?
Mana, bir haftadan buyon O‘zbekistonda havo harorati 40-42 daraja issiq bo‘lyapti. Bunday paytda kunduzi avtobusda yurib ko‘ring-a, xuddi hammomga tushgandek bo‘lasiz. Harorat yuqoriligi va havo yetishmasligidan nafas olib bo‘lmaydi. Kasalmand odamlar jaziramada avtobusga chiqsa bormi, tobi qochib qolishi aniq.
Samarqand shahar ko‘chalaridagi avtobuslar o‘zimizda ishlab chiqilgan. Nega bizda avtobus ishlab chiqarilayotgan paytda iqlim sharoiti hisobga olinmaydi? Har yili yozda O‘zbekistonda 40 daraja issiq kuzatiladi. Buni oddiy fuqarolar ham biladi. Soha mutaxassislari avtobus ishlab chiqarish haqida loyiha tayyorlayotganda iqlim sharoitini hisobga olib, konditsioner o‘rnatishi mumkin-ku.
Chet ellarda jamoat transportlar issiqda sovuq, sovuqda issiq beruvchi konditsionerlar bilan ishlaydi. Odamlar ob-havo noqulayliklarni bizdagiga qaraganda kamroq his qilishadi.
Bizda konditsionerning tagida o‘tirgan mas’ullar avtobusga chiqmasligi aniq. Ammo oddiy xalq qachongacha yozu qishda yo‘lovchi transportlaridan aziyat chekadi? Ushbu muammoning yechimini topadigan biror tashkilot bormi?
Xurshida Ernazarova.