Samarqandda elektrobuslar soni 51 ta bo‘ldi, tez kunda ular soni 100 taga yetadi
- 11.12.2024 13:57
- 114
- Samarqand
“Yashil shahar” loyihasi asosida Samarqand shahrining jamoat transportini rivojlantirish maqsadida yana 15 ta elektrobus olib kelindi. Loyihaga ko‘ra, 100 ta elektrobus olib kelish rejalashtirilgan bo‘lib, shu paytgacha ularning 36 tasi Samarqand shahri ko‘chalarida aholiga transport xizmati ko‘rsatayotgandi.
Yangi partiya — navbatdagi elektrobuslar 15 ta quvvatlash qurilmalari bilan olib kelindi. Viloyat transport boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yil yakuniga qadar elektrobuslarning umumiy soni 100 taga yetkaziladi. Rasmiylashtirish ishlari tugagach ular ham tez kunlarda yo‘lovchilarga xizmat qilishni boshlaydi.
Teglar:
avtobus