Nega okeanlar suvi aralashmaydi?
Ikki okean suvi tutashgan, ammo aralashmagan joylar juda g‘aroyib manzaraga ega. Suvlarning ikki xil rangi, oqimlarning turli yo‘nalishlariga qaramasdan go‘yoki kimdir suv ostida chuqurlikkacha to‘siq qo‘ygan, degan tuyg‘u paydo bo‘lsa-da, bunday joylarda to‘lqinlar bir-biriga qarab intilaveradi.
Xo‘sh, nega okeanlardagi suv chegaralari aralashmaydi?
Bir xil, ammo boshqacha
Bir qarashda ikkita suv havzasining aralashishiga nima xalaqit beradi? Daryo suvlari dengizga oqib tushganida aralasha olmasligini tushunish mumkin, sababi bir suv havzasida suv chuchuk, ikkinchisida sho‘r. Bundan tashqari, suv chegaralarining mavjudligiga ta’sir qiladigan boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar ham bor.
Okean suvining sho‘rligi ming qismlar bilan o‘lchanadi. Agar tafovut ikki yoki uch qismdan iborat bo‘lsa, suv tarkibi har xil bo‘ladi. Masalan, Tinch okeani tarkibidagi tuz miqdori mingga 34, Atlantikada esa mingga 37 qismdan iborat.
Suv harorati ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun hatto okeanda iliq va sovuq oqimlarni vizual kuzatish mumkin.
Oqimning chuqurligi va tezligi ham rol o‘ynaydi
“Sirt tarangligi” deyiladigan ko‘rsatkich mavjud, bu molekulalarning bir-biriga bog‘lanish darajasi. Ushbu ko‘rsatkichlar yordamida fiziklar nima uchun bir suyuqlik boshqasida erib ketishi, boshqalari esa aniq chegaralarga ega bo‘lishi mumkinligini aniqlaydi. Bu stakandagi har qatlami suyuq, lekin bir-biri bilan aralashmaydigan kokteylga o‘xshaydi.
Jak Iv Kusto va tasavvuf
Okeanolog Jak Iv Kusto Gibraltar bo‘g‘ozida Atlantika okeani suvlarining O‘rta yer dengizi suvlari bilan uchrashishi misolida ushbu hodisani uzoq vaqt davomida o‘rganib chiqdi. Aytishlaricha, shundan so‘ng tadqiqotchi Islom dinini qabul qilgan. Qur’on kitobida Alloh shunday buyurganligi sabab okean suvlari aralashib keta olmaydigan hodisa oddiygina qilib tushuntirilgan.
Shunchaki chiroyli
Agar hodisani to‘liq tushunib olishni iloji bo‘lmasa, bu xushmanzaradan bahramand bo‘lish mumkin. Sayyohlar aynan shunday yo‘l tutishadi.
Ayniqsa suv havzalarining chegaralari tepadan juda chiroyli ko‘rinadi.
Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.