Nega Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi boshqa joyga ko‘chirildi?

Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi shu paytgacha Amir Temur ko‘chasi 17 A uyda faoliyat yuritib kelayotgandi. Endi esa markaz Gagarin ko‘chasi 155 A uyga ijara asosida faoliyat yuritish uchun (mo‘ljal - viloyat elektr tarmoqlari korxonasi yonida) ko‘chirildi.

Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, markazning aholiga qulay joydan boshqa manzilga ko‘chirilishiga markazda xizmat turlari 125 dan ortiqni tashkil etgani va avvalgi bino biroz kichikligi bo‘lgan. Yana hozirgi binoga yaqin joyda joriy yilning uchinchi choragida Amir Temur ko‘chasi 172 uyda Samarqand shahar davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshiriladi.