Nega Toshkent shahri bemorlar soni ko‘pligiga qaramay, "sariq" hudud bo‘lib qolmoqda?

- Toshkentda mart-aprel oylarida kunlik kasallar soni hozirgidan kam bo‘lsa-da, qat’iy karantin choralari qo‘llanilgan edi. Hozirda kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik ob’yektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda, - deb javob berdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Unga ko‘ra:

🔴 jami 513 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 42 tasi — «qizil» hudud;

🟡 132 tasi — «sariq» hudud;

🟢 339 tasi — «yashil» hududga ajratilgan.

Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining harakatlariga ta’sir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash masalalari tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.