NNTlar uchun e’lon qilingan grant loyihasida qanday ishtirok etish mumkin?
Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan Oqdaryo tumanida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining grant tanlovlarida ishtirokini kengaytirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etgan tadbirda Jamoat fondi va Milliy assotsiatsiya viloyat hududiy bo‘linmasi mutaxassislari grant loyihasiga arizalar topshirish tartibi, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni tayyorlashning usul va uslublari haqida tushuncha berdi.
Shuningdek, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan
“Jamiyatda inson huquqlari va muloqot madaniyatini yuksaltirishda NNTlar faolligini oshirish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun 2-tur tanlovni hamda “Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, mahalla va oilalarda sog‘lom turmush tarzini va aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashda jamoatchilikni keng jalb qilish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun 3-tur tanlovlarida ishtirok etish talablari va shartlari slaydlar orqali tushuntirildi.
Xuddi shunday tadbir Payariq tumanida ham tashkil etildi.