Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun qulaylik yaratildi
Qoida bo‘yicha, nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari “TMEK” dasturidan olinadi va u my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganda avtomat ravishda shaxsiy profilda ko‘rinadi. Ya’ni, nogironlikni qo‘lda kiritib o‘tirish shart emas.
Ammo ayrim abituriyentlarning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlari ko‘rinmay qolishi ham mumkin. Bunday payti sira xavotirga tushmang. Saytda nogironlik bo‘yicha imtiyoz ma’lumotlarini qo‘lda kiritish imkoniyati ham bor.
Agar Sizning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlaringiz “Mening imtiyozlarim” bo‘limida chiqmayotgan bo‘lsa, “Nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma” bo‘limiga kirib, o‘z nogironlik ma’lumotlaringizni kiritishingiz mumkin.
Agar Sizda ko‘zi ojiz toifasidagi nogironlik mavjud bo‘lsa, nogironlik ma’lumotlarini kiritish bilan birga “Ko‘zi ojiz” belgisini belgilashni unutmang.
Kiritilgan ma’lumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yuboriladi va ma’lumotlari tasdiqlangan abituriyentlarning imtiyozi inobatga olinadi.