Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat muassasalariga ishga joylashtirilyaptimi?
Bu borada davlat rahbarining alohida topshirig‘i bor. Uning ijrosi joylarda qanday ta’minlanmoqda?
Topshiriqqa asosan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS)ning yagona ochiq portali orqali 551 ta vakansiya tanlovga chiqarilgan. Ammo 207 nafar (37,6 foiziga) nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga olingan, xolos.
Misol uchun, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 291 ta vakant lavozim tanlovga chiqarilgan. Bugungi kungacha 91 nafar (31,3 foiz) ishga olingan.
Nurobod tumanidagi 4-, 20-, 38-, 51-, 65- 75-, 98- maktablari bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lmasa-da, farrosh, qorovul va usta lavozimlarini ochiq tanlovga chiqargan, aksincha, 5 ta
(14-, 24-, 46-, 75- va 70 -) maktablarida texnik xodimlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lsa-da, ochiq tanlovga chiqarilmagan.
Masala viloyat hokimligida tahlil qilinib, mas’ullarga aniq muddatli topshiriqlar berilgan.