Nomi arzonu narxi qimmat bo‘lgan ko‘p qavatli uylarga to‘lov boshlandi

Samarqand shahar Qorasuv massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar uchun to‘lov boshlandi.
Bu ko‘p qavatli uylar to‘rt tipda qurilmoqda. Masalan, 1-tipda qurilayotgan ko‘p qavatli uylar soni 3 ta. Ular 16 qavatdan iborat bo‘lib, 2 va 3 xonadonli qilib qurilishi rejalashtirilgan. Boshlang‘ich to‘lov pastdan yuqoriga kamroq foizda to‘lanmoqda. Birinchi qavat ikki xonali, 65,27 kv.m kvartiraning narxi 79 955 750 so‘m (35 foiz) bo‘lsa, 2-3 qavat 61,75 kv.m xonadonning bahosi 75 643 750 so‘m (35 foiz)ni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4-6 qavat 64 837 500 so‘m (30 foiz),
7-9 qavat 54 031 250 so‘m (25 foiz),
10-12 qavat 43 225 000 so‘m (20 foiz),
13-16 qavat 32 418 750 so‘m (15 foiz).
1-tipdagi 3 xonali kvartiralar bahosi quyidagicha:
1-qavat 99 825 250 so‘m (35 foiz),
2-3 qavat 95 488 750 (35 foiz),
4-6 qavat 81 847 500 so‘m (30 foiz),
7-9 qavat 68 206 250 so‘m (25 foiz),
10-12 qavat 54 565 000 so‘m (20 foiz),
13-16 qavat 40 923 750 so‘m (15 foiz).
Qolgan tipdagi ko‘p qavatli uylar kvadrat metriga qarab, bir-biridan biroz farq qiladi, shuningdek, to‘lovlari ham.
1-tipdagi 3 xonali xonadonning umumiy bahosi 1-qavat 285 215 000 so‘m bo‘lsa, qolgan qavatlar 272 825 000 so‘m etib belgilangan. 2 xonali 61,75 kv.m kvartiraning umumiy narxi 216 125 000 so‘m, 2 xonali 60,95 kv.m kvartiraning bahosi esa 213 325 000 so‘mni tashkil etmoqda.