Noqonuniy tarzda qum-shag‘al aralashmasi kovlab, sotgan shaxs jarimaga tortildi
- 01.03.2021 15:33
- 87
- Samarqand

Bugun, 1 mart kuni Urgut tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi nazorat inspektorlari tumanning tog‘li qismidagi Xo‘jayduq mahallasi hududida reyd-kuzatuv tadbirlarini olib borildi.
Tadbir davomida fuqaro T.V. o‘ziga tegishli bo‘lgan yuk ortuvchi texnika vositasi yordamida noqonuniy tarzda qum-shag‘al arashmasini kovlab, ekologik qonunlarni buzganligi va tabiatga zarar yetkazganligi aniqlandi.
Nazorat inspektorlari huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi. Unga ko‘ra, T.V.ga nisbatan 2 million 450 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.
Teglar:
qum-shag‘al