Nuh payg‘ambarimizning mushugi

Van - dunyoga mashhur mushuk zoti. Qadimiy rivoyatlarga qaraganda, Van Nuh alayhissalom kemasi Ararat tog‘iga kelib to‘xtaganda undan quruqlikka tushgan birinchi hayvondir.
Afsonalarga ko‘ra, Alloh butun olam suv toshqinini yuborishi haqida Nuh payg‘ambarimizga vahiy yuborganda barcha jonzotlardan bir juftdan kemaga olishni buyurgan. Kema Ararat tog‘i yaqinida Van ko‘lida to‘xtagani uchun undan tushgan mushuk ham Van deb atalgan. Arxeologik qazilmalardan olingan ma’lumotlarda yozilishicha, ko‘l Ararat tog‘idan 150 kilometr narida joylashgan va Van mushuklari hozirgi Turkiya va Armaniston hududida yashab kelyapti.
Mushuk XVIII va XIII asrlarda kichik Osiyoga hukmronlik qilgan Xett podsholiklari tangalarida Iso tug‘ilganga qadar tasvirlab kelingan. Parijdagi Luvr muzeyida eramizgacha bo‘lgan taxminan 75-387 yillarda Rim legionerlari qalqonida Van mushugi tasviri tushirilgan eksponat saqlanadi.
Qalqonda nafaqat Van mushugi tasvirlangan, balki jonivor haqida batafsil yozilgan. Qalqon Armaniston hududida topilgan. Aftidan Rim imperatori hozirgi Turkiya va Armaniston hududlarini bosib olgan davrga oiddir.
T.Shomurodov tayyorladi.