Dunyodagi eng qimmat gullar

Ha, dunyoda gul ko‘p. Ba’zi odamlar sayyoradagi eng noyob va eng chiroyli gullarni topish uchun hatto uzoq safarlarga boradilar.
Agar siz gullarni yaxshi ko‘rsangiz va qaysi biri eng qimmat ekanligi bilan qiziqsangiz, bu ro‘yxat siz uchun.
Lolalar
XVII asrda lolalar boylik ramzi bo‘lgan. Bu gullar juda kam va shunchalik qimmat bo‘lganki, ularning qiymati ba’zan tuzukkina uyning narxidan oshib ketgan. Bugungi kunda lolalar, ayniqsa, o‘ziningboy tarixi va turli xil shakllari va ranglari tufayli mashhur bo‘lib qolmoqda.
Za’faron
Za’faron (shafran) dunyodagi eng qimmat ziravorlardan biri hisoblanadi, shuningdek, u gul sifatida ham sotiladi. Bahosining yuqoriligi gullarini yig‘ish va qayta ishlashning qiyinligi, shuningdek, ularning kamyobligi bilan shartlanadi. 450 gramm za’faron gullarining narxi 2000 dollarga yetadi.
Kinabalu tilla orxideyasi
Kinabalu oltin orxideyasi faqat Malayziyaning Kinabalu tog‘ida o‘sadi. U uzun qizil-yashil barglari bilan ajralib turadi, go‘zalligi va noyobligi tufayli dunyodagi eng qimmat orxideyalarning biri hisoblanadi. Bitta orxideya yetishtirish jarayoni uchun bir necha yil kerak, albatta bu uning har bir guli 6000 dollar turadigan narxiga ta’sir ko‘rsatmasdan qo‘ymaydi.
Shenchjen Nongke orxideyasi
Bu orxideya inson ijod mahsuli bo‘lib, u yaratuvchilari sharafiga nomlangan. Yetishtirish jarayoni sakkiz yil davom etadigan gulning o‘ziga xosligi, go‘zalligi va nozik xushbo‘yligi tufayli uni nihoyatda yuqori narxga sotib olish mumkin. Uning bahosi 200 000 dollar.
Juletta Rouz
Bu hozirgi kundagi eng qimmat atirgul bo‘lib, uning narxi 3 million funt atrofida. Hashamatli gul 2006 yilda Chelsi ko‘rgazmasida taqdim etilgan va darhol o‘zining nozikligi va nafisligi bilan zarshunoslar qalbini zabt etgan.
Kadupul - tun malikasi
Kaktusning Kadupul deb nomlanadigan bu turi bebaho. U faqat tunda gullaydi va o‘zidan nozik tinchlantiruvchi xushbo‘y hid chiqaradi. Atigi bir necha soat davom etadigan gullash uni nihoyatda noyob va qimmatli qiladi. Gullarni yig‘ish deyarli mumkin emas - ular osongina to‘kiladi va juda tez nobud bo‘ladi.
Kapudulni tun malikasi ham deb atashadi. U Shri-Lankada “yashaydi”, ammo har bir mahalliy aholining ham bu mo‘’jizani ko‘rish imkoniyati yo‘q.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.